Energetika vazirligi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida obyektni konservatsiyalash doirasida “gazni zararsizlantirish maqsadida xavfsiz yoqish” ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta olovli maydonlar aks etgan video paydo bo‘ldi.
M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.
Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinadi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan.
Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi.
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 kishi halok bo‘lgan (rasmiy xabarga ko‘ra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing o‘tkazishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting